AsosiyJamiyat

Andijonda yo`lda ketayotgan "Spark" yonib ketdi

'Andijonda yo`lda ketayotgan "Spark" yonib ketdi'ning rasmi

Andijon viloyat IIB YHXB yonib ketgan "Spark" bo`yicha ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 6 mart kuni Andijon viloyatining Ulug`nor tumanida soat 22:50 larda sodir bo`lgan. 

Tuman “Obod” MFY hududidan o`tgan 4R-127 “Marg`ilon - Soybo`yi” avtomobil yo`lida 2000 yilda tug`ilgan A.J. boshqaruvidagi "Spark" avtotransportining dvigatel qismida qisqa tutashuv chiqqan. Oqibatda yong`in yuzaga kelib, tuman YoXHB xodimlari tomonidan yong`in bartaraf etilgan.

Yong`in oqibatida hech kimga tan jarohati etkazilmagan.

    Boshqa yangiliklar