AsosiyJamiyat

Bugun ayrim viloyatlarda yomg`ir yog`ishi mumkin

'Bugun ayrim viloyatlarda yomg`ir yog`ishi mumkin'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasida va kunning ikkinchi yarmida Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° iliq bo`ladi.

Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 16-18° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko`chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-9° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar