Yunusobod tumanida BMW mashinasi YTHga uchradi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko`ra, bugun, 20 mart kuni soat tonggi 03:00 larda Toshkent shahar Yunusobod tumani Ahmad Donish ko`chasi 7-ShKShB qarshisida BMW rusumli avtomashinasi haydochisi rul boshqaruvini yo`qotib, yo`lni ajratib turuvchi beton to`siqqa urililib, ag`darilib ketgan.
Yo`l transport hodisa natijasida avtoulov haydochisi va yo`lovchisi tan jaroxati olganlib shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda xolat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






