2024 yil 20-31 mart kunlari Navro`z bayrami hamda “Yoshlar turizmi haftaligi” tadbirlari tashkil etilishi munosabati bilan O`zbekistonning barcha hududlardagi umumiy ovqatlanish joylari va joylashtirish vositalarida ko`rsatiladigan xizmatlar uchun ixtiyoriy tarzda taqdim etiladigan chegirmalar va aksiyalar joriy qilinmoqda.
Asosiy maqsad yoshlarni ta`til vaqtida mavsumiy imtiyozli turistik paketlari asosida respublikaning diqqatga sazovor joylariga sayohatlarini tashkil etish, oliy ta`lim muassasalari talabalari, maktab o`quvchilari va mahallalardagi aholi va yoshlarning sayohatlarini tashkil etish, nogironligi bo`lgan o`quvchi, talaba va yoshlarning respublikamiz bo`ylab sayohat qilishi uchun zarur tashkiliy va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Qayd etilishicha, “Yoshlar turizmi haftaligi” Prezidentning 2022 yil 30 apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikasiya qilishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga muvofiq o`tkazilib kelinmoqda.
Taqdim etiladigan chegirmalar va aksiyalar haqidagi to`liq ma`lumotni quyidagi havola orqali olish mumkin.






