Kogon tumanidagi maktab o`quvchilari Buxoro shahriga teatr tomoshasiga olib ketayotgan avtobusning YTHga uchragani haqida xabar berilgan edi.
Internet ijtimoiy tarmoqlarida yo`l-transport hodisasi natijasida avtobus haydovchisi ham shifoxonada vafot etganligi haqidagi asossiz xabarlar tarqalmoqda.
YHXB xabariga ko`ra, yo`l-transport hodisasi natijasida shifoxonaga yotqizilgan, avtobusda bo`lgan yo`lovchilardan biri ko`rsatilgan muolajalarga qaramasdan joriy yil 19 mart kuni vafot etgan.
Avtobus haydovchisi tan jarohati bilan Buxoro shahar Tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan bo`lib, ayni kunlarda unga tibbiy muolajalar ko`rsatilmoqda.
“Internet ijtimoiy tarmoqlaridagi turli sahifalar egalaridan asossiz, yolg`on ma`lumotni tarqatmasliklarini so`raymiz”, - deyiladi xabarda.






