AsosiyJamiyat

Qo`qon aeroporti birinchi texnik reysni qabul qildi

'Qo`qon aeroporti birinchi texnik reysni qabul qildi'ning rasmi

Farg`ona viloyatida "Qo`qon" aeroportini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar qildi.

Bugun, 20 mart kuni ertalab aeroport birinchi texnik parvozni qabul qildi – “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining A320 NEO samolyoti ekipaji Qo`qon aeroportiga qo`ndi.

Viloyat aeroportida uchish-qo`nish yo`lagi 2000 metrgacha uzaytirildi hamda A320 va ATR72-600 rusumli samolyotlar uchun ikkita to`xtash joyiga ega perron rekonstruksiya qilindi. Shuningdek, aeroportda 100 kishiga mo`ljallangan 900 kv.m maydonli yangi yo`lovchi terminali qurildi.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining tajribali uchuvchilari tomonidan Toshkent – Qo`qon yo`nalishi bo`yicha amalga oshirilgan texnik parvoz aerodromning samolyotlarni qabul qilish va jo`natishga hamda terminalning yo`lovchilarni qabul qilish va ularga xizmat ko`rsatishga to`liq tayyorligini ko`rsatdi.

Muntazam parvozlarni 2024 yil 1 apreldan boshlash rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar