AsosiyJamiyat

Navro`z bayrami munosabati bilan 4 kun dam olinadi

'Navro`z bayrami munosabati bilan 4 kun dam olinadi'ning rasmi

Lekin davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafardan ortiq tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat ko`rsatadi.  Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Unga ko`ra,

1257 ta ko`p tarmoqli va oilaviy poliklinika;

1080 ta oilaviy shifokor punkti;

1002 ta mahalla tibbiyot punkti;

tuman, viloyat va respublika shifoxonalari;

ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari;

tibbiyot oliy o`quv yurtlari klinikalari xodimlari navbatchilik asosida aholiga xizmat ko`rsatadi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo`limi hamda tumanlararo qo`shma shikastlanishlar va o`tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.

Bundan tashqari, 227 ta tug`uruq, 245 ta bolalar davolash muassasasi ham uzluksiz ish olib boradi.

Ma`lumot uchun, respublika bo`yicha 2755 ta tez tibbiy yordam mashinalari bo`lib, tibbiyot xodimlari kelib tushadigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat ko`rsatadi.

    Boshqa yangiliklar