Kuchli ta`sir qiluvchi dori vositasini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda “A.Sh.” MChJga qarashli dorixona sotuvchisi G.L. hech qanday hujjatsiz jami 245 dona “Reduksin” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositasini fuqaro B.M.ga 5,9 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi moddalar mavjud bo`lgan dori vositalarini resept bo`yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.