Toshkentda bir guruh yigitlar boshqa bir bolani majburan mashinaga solishga urinayotgani aks etgan video tarqalgandi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan ma`lumot berdi.
24 iyun kuni taxminan soat 23:50 larda Chilonzor tumani “Xalqlar do`stligi” metrosi oldida fuqarolar 2002 yilda tug`ilgan A.U. va uning tanishlari — 2002 yilda tug`ilgan X.O. va M.A., 2004 yilda tug`ilgan S.T. va boshqalar o`zaro kelishmovchilik sababli og`zaki tortishib qolgan.
So`ng A.U.ni o`zlariga tegishli Matiz avtomashinasiga o`tkazayotgan vaqtida IIO PPX xodimlari kelayotganini ko`rib, ushbu fuqarolar qochib ketgan.
Qayd etilishicha, hech kim tan jarohati olmagan va pichoq bilan tahdid qilinmagan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda. Huquqbuzarlardan uch nafari ushlangan, qolganlarni ushlash choralari ko`rilmoqda.