AsosiySiyosat

Toshkentda Janubiy Koreyaning Kyongi-do provinsiyasi vakolatxonasi ochiladi

Bu haqda ikki davlat rasmiylari ishtirokidagi uchrashuvda ma’lum qilindi.

'Toshkentda Janubiy Koreyaning Kyongi-do provinsiyasi vakolatxonasi ochiladi'ning rasmi

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov 26 iyul kuni Koreya Respublikasi elchisi Von Do Yonni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) telegram kanali ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning bugungi holati va yanada kengaytirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va ikki mamlakat biznes tuzilmalari o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha o‘zaro chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, ikki tomonlama savdo aloqalarini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammo va omillarni aniqlash va ularni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha ishlar faollashtiriladi.

Tomonlar Janubiy Koreyaning Kyongi-do provinsiyasi vakolatxonasining Toshkent shahrida ochilishini olqishladilar. Bu O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan imtiyoz va preferensiyalardan foydalangan holda hududlararo hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasi (EDFC) bilan hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari alohida muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar sheriklik munosabatlarini kengaytirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar va muhokama qilingan vazifalarni jadal amalga oshirish doirasida amaliy hamkorlik formatini ishlab chiqdilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi'ning rasmi

    Siyosat 15.05.2025 14:40

    Bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

    “Yoshlar majruh bo‘lib qolyapti” — Shavkat Mirziyoyev o‘quvchilarga avtomobilni ijaraga berish avj olgani haqida gapirdi.

    'Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi'ning rasmi

    Siyosat 15.05.2025 13:56

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi

    O‘tgan yili 341 ming o‘qituvchi yangi tizim asosida toifaga topshirgan bo‘lsa, shundan 102 ming nafari imtihondan o‘ta olmagani qayd etildi.

    '“Tolibon” O‘zbekistonga 16 ta yuk mashinasida marmar hadya qildi'ning rasmi

    Siyosat 14.05.2025 13:13

    “Tolibon” O‘zbekistonga 16 ta yuk mashinasida marmar hadya qildi

    Afg‘oniston Samarqandda barpo etilayotgan Imom Buxoriy majmuasi qurilishi uchun Hirot oq marmari yuborgan.

    'Prezident Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi'ning rasmi

    Siyosat 13.05.2025 20:17

    Prezident Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi

    Davlat rahbari Yevroittifoq bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 11.05.2025 21:52

    'O‘zbekiston va Rossiya harbiy sohada strategik sheriklik rejasini iizoladi'ning rasmi

    Siyosat 10.05.2025 19:19

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy sohada strategik sheriklik rejasini iizoladi

    O‘zbekiston va Rossiya Mudofaa vazirlari uchrashuv chog‘ida 2026-2030 yillarda ikki davlat o‘rtasidagi harbiy sohadagi sheriklik dasturini amalga oshirish rejasini imzoladi.