AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov telefon orqali muloqot qildi

Transport-kommunikatsiya va energetika sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surishga e’tibor qaratildi.

'Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Suhbat avvalida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi davlat rahbariga Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomini yetkazdi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi. Faol siyosiy muloqot va almashinuvlar davom etmoqda, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi barqaror sur’atlar bilan o‘smoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yetakchi korxonalarning kooperatsiyasi kuchaymoqda.

Muntazam ravishda qo‘shma madaniy-gumanitar tadbirlar o‘tkazilmoqda. Suhbat chog‘ida transport-kommunikatsiya va energetika sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '184 nafar rahbar o‘ziga biriktirilgan kambag‘al oila xonadoniga biror marta bormagan — Prezident'ning rasmi

    Siyosat 13.12.2024 10:54

    184 nafar rahbar o‘ziga biriktirilgan kambag‘al oila xonadoniga biror marta bormagan — Prezident

    Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.

    'Endi qurilish sabab atmosferani ifloslantirgan mansabdorlar javobgarlikka tortilishi mumkin'ning rasmi

    Siyosat 13.12.2024 08:16

    Endi qurilish sabab atmosferani ifloslantirgan mansabdorlar javobgarlikka tortilishi mumkin

    Hisob-kitoblarga ko‘ra, 500 kv.m.lik ochiq qurilish maydonidan yiliga o‘rtacha 50 tonna chang va qum havoga ko‘tariladi.

    'Timur Ishmetov Markaziy bank raisi bo‘lishi kutilmoqda'ning rasmi

    Siyosat 11.12.2024 15:29

    Timur Ishmetov Markaziy bank raisi bo‘lishi kutilmoqda

    Bungacha Ishmetov prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

    'Markaziy bank raisi vazifasidan ozod etilishi kutilmoqda'ning rasmi

    Siyosat 11.12.2024 12:43

    Markaziy bank raisi vazifasidan ozod etilishi kutilmoqda

    Prezident tomonidan Senatga taqdimnoma kiritildi.

    'Yangi Zelandiya va Venesuelaning O‘zbekistondagi Elchilari tayinlandi'ning rasmi

    Siyosat 10.12.2024 08:26

    Yangi Zelandiya va Venesuelaning O‘zbekistondagi Elchilari tayinlandi

    O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov yangi elchilardan ishonch yorliqlarni qabul qilib oldi.

    'Bosniya va Gersegovinaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi'ning rasmi

    Siyosat 09.12.2024 16:16

    Bosniya va Gersegovinaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi

    Baxtiyor Saidov Ivan Orlichdan ishonch yorliqlarini qabul qildi.