AsosiySiyosat

“Mintaqamizdagi 5 milliard dollarlik bozor imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayapti”

Prezident raisligida elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish, eksport va investitsiya oqimini yanada ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

'“Mintaqamizdagi 5 milliard dollarlik bozor imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayapti”'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish, eksport va investitsiyalarni ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Unda sohada faoliyat yuritayotgan 100 dan ortiq tajribali tadbirkorlar ham ishtirok etmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Davlatimiz rahbari yaratilgan imkoniyatlar hisobiga so‘nggi yetti yilda sohaga 1 milliard dollar investitsiya kiritilganini ta’kidladi. Natijada 762 ta yangi korxona ishga tushgan, 45 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Ishlab chiqarish hajmi 1,8 barobar o‘sdi, yillik daromadi 100 milliard so‘mdan oshgan korxonalar 6 tadan 25 taga ko‘paydi. Tarmoqdagi korxonalar hisobidan budjetga tushum 8 barobar oshdi.

Mahsulotlarimiz eksport bo‘layotgan davlatlar so‘nggi uch yilda 2 karra oshib, 62 taga yetdi.

Prezidentimiz elektrotexnika eksporti 1 milliard dollarga yetgani, to‘qimachilikdan keyingi ikkinchi mahalliy sanoat tarmog‘iga aylanganini ta’kidladi.

Lekin, shu bilan birga smart karta, generator, telekommunikatsiya vositasi, ofis texnikasi kabi yana bir qator elektrotexnika mahsulotlarini o‘zimizda chiqarish imkoniyati borligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mintaqamizdagi 5 milliard dollarlik bozor imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayapti.

Prezident hamma davlatlar ichki bozorining himoyasiga qattiq kirishgan sharoitda yagona yo‘limiz – sifatni ta’minlash va tannarxni tushirish orqali mahsulotimiz raqobatdoshligini oshirish ekanini ta’kidladi.

Bunga tarmoqdagi qo‘shilgan qiymat zanjirini kengaytirish orqali erishish mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Abdulla Aripov Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasiga tashrif buyurdi'ning rasmi

    Siyosat 27.12.2024 08:26

    Abdulla Aripov Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasiga tashrif buyurdi

    Bosh vazir qardosh Ozarbayjon xalqiga ta’ziya bildirdi.

    'O‘zbekiston 2025 yilda Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

    Siyosat 26.12.2024 15:22

    O‘zbekiston 2025 yilda Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etdi.

    'Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti Oliy Majlisga taqdim etildi'ning rasmi

    Siyosat 26.12.2024 11:37

    Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti Oliy Majlisga taqdim etildi

    Komissiya davlat organlariga bir qator tavsiyalar berdi.

    'Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi'ning rasmi

    Siyosat 25.12.2024 14:18

    Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

    Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik hamda umumiy tahdid va xatarlarga qarshi kurashda MDH doirasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish borasidagi dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

    'Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon va Rossiya Prezidentiga hamdardlik bildirdi'ning rasmi

    Siyosat 25.12.2024 10:43

    Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon va Rossiya Prezidentiga hamdardlik bildirdi

    Davlat rahbari Oqtouda samolyot halokatga uchragani oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi.

    '"Axlat uchun pul to‘lamaganlar qorong‘ida o‘tiradimi?'ning rasmi

    Siyosat 24.12.2024 10:39

    "Axlat uchun pul to‘lamaganlar qorong‘ida o‘tiradimi?

    O‘zbekistonda chiqindidan qarzini to‘lash uchun fuqarolarga 5 kun muhlat beriladi.