AsosiyJinoyat

“Xavfsiz daryo boshqarmasi” mansabdori qo‘lga olindi

U noqonuniy ravishda qum qazib olayotganlik holatini aniqlab, fuqaroga nisbatan chora ko‘rmaslik va boshqalar evaziga 3 ming dollar talab qilgan.

'“Xavfsiz daryo boshqarmasi” mansabdori qo‘lga olindi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasining Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi mansabdor xodimi Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan maxsus texnikalar yordamida “Qashqadaryo” daryosi atrofidan noqonuniy ravishda qum qazib olayotganlik holatini aniqlab, unga nisbatan chora ko‘rmaslik va ushbu noqonuniy holat yuzasidan jarima maydonchasiga joylashtirilgan ekskavator-yuklagich texnikasini chiqarib berish, shuningdek, kelgusida qum qazib olishida rahnamolik qilish evaziga 3 ming AQSH dollari  olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan ushbu mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Boshqa holatda esa Surxondaryo viloyatidagi qurilish obyektlarida nazorat o‘lchov faoliyatini amalga oshiruvchi MCHJning yetakchi mutaxassisi Jizzax viloyatida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan joriy yilning may oyida prokuratura organlaritomonidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida, ushbu MCHJ tomonidan Yangiobod tumanida amalga oshirilgan qurilish ishlari bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat o‘lchovida aniqlangan qo‘shib yozish holatlarini tekshiruvxulosasida ko‘rsatmaslik hamda tanishlari orqali tergov jarayonlarida yengillik yaratib berish evaziga 400 mln. so‘m talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish dyepartamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda yetakchi mutaxassis talab qilingan pul mablag‘idan 150 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Holat bo‘yicha qonunbuzarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari hamda  28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Buxoroda “virtual valyutachi” faoliyatiga chek qo‘yildi'ning rasmi

    Jinoyat 19.12.2024 14:27

    Buxoroda “virtual valyutachi” faoliyatiga chek qo‘yildi

    17 yoshli yigit 7 oy davomida 4 mingdan ortiq 34 mlrd so‘mlik shubhali vositachilik operatsiyalarini amalga oshirgan hamda vositachilik haqi undirib kelgan.

    'Farg‘onada mast erkak hamqishlog‘ini pichoqlab o‘ldirdi'ning rasmi

    Jinoyat 12.12.2024 16:53

    Farg‘onada mast erkak hamqishlog‘ini pichoqlab o‘ldirdi

    Erkakka nisbatan 11 yil 6 oy muddatga qamoq jazosi tayinlandi.

    'Surxondaryoda 18 yoshli yigit pochchasini pichoqlab o‘ldirdi'ning rasmi

    Jinoyat 09.12.2024 15:56

    Surxondaryoda 18 yoshli yigit pochchasini pichoqlab o‘ldirdi

    O‘smir yigit 7 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

    'Toshkent viloyatida bir oilani o‘ldirib, yoqib yuborgan erkak umrbodga qamaldi'ning rasmi

    Jinoyat 28.11.2024 13:33

    'Qashqadaryoda erkak xotini va qizini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi'ning rasmi

    Jinoyat 25.11.2024 15:50

    Qashqadaryoda erkak xotini va qizini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi

    U 2006 yildan buyon viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida ro‘yxatda turgan.

    'Qabul Dusovga sud hukmi e’lon qilindi'ning rasmi

    Jinoyat 22.11.2024 17:06

    Qabul Dusovga sud hukmi e’lon qilindi

    Uning jinoyat sodir etishdagi aybi dalillar bilan to‘liq isbotlangan.