AsosiySiyosat

O‘zbekistonda fuqarolarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga saralash tartibi o‘zgardi

Endilikda harbiy xizmatga saralashda o‘rta ma’lumotdan past bo‘lmagan va harbiy xizmat tajribasiga ega bo‘lgan fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

'O‘zbekistonda fuqarolarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga saralash tartibi o‘zgardi'ning rasmi

"Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Mudofaa vazirligining buyrug‘i qabul qilindi.

Hujjat bilan harbiy xizmatga saralashda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi aniqlashtirilmoqda. Bular 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar yoki oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, sobiq "shartnomachilar," shuningdek, 40 yoshgacha bo‘lgan zaxira va zaxiradagi ofitserlardir.

Bunda, erkak jinsidagi nomzod O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (o‘tayotgan) yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy xizmatni o‘tagan yoxud oliy ta’lim muassasalari harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida o‘qishni tugatgan bo‘lishi, shuningdek harbiy ro‘yxatda turgan bo‘lishi shart.

Bundan tashqari, xizmatga kirishning ayrim imtiyozli shartlari o‘zgarmoqda. Ilgari respublika va xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari uchun shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga chaqirishning soddalashtirilgan tartibi mavjud edi: ularga faqat tibbiy ko‘rikdan o‘tish kifoya edi. Ushbu imtiyoz musobaqada g‘alaba qozongan paytdan boshlab 5 yil davomida amal qilgan. Hozir bu muddat 3 yilga qisqartirildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekiston AQShda qoʻshimcha konsulxonalar ochishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

    Siyosat 12.11.2025 14:11

    Oʻzbekiston AQShda qoʻshimcha konsulxonalar ochishni rejalashtirmoqda

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoniga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligi bir oy ichida yangi konsulxonalar tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishi kerak.

    'Mirziyoyev hamda Putin telefon orqali gaplashdi'ning rasmi

    Siyosat 12.11.2025 09:01

    Mirziyoyev hamda Putin telefon orqali gaplashdi

    Xo'sh, ikki davlat yetakchisi nimalarni muhokama qilgan?

    'Mirziyoyevning AQSHga tashrifi qanday yakunlandi?'ning rasmi

    Siyosat 07.11.2025 11:23

    Mirziyoyevning AQSHga tashrifi qanday yakunlandi?

    O'zbekiston etakchisi Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh etakchilarining "C5+1" shaklidagi sammitida ishtirok etdi.

    'O'zbekiston AQShga 100 milliard dollarlik sarmoya kiritadi'ning rasmi

    Siyosat 07.11.2025 09:15

    O'zbekiston AQShga 100 milliard dollarlik sarmoya kiritadi

    Prezident Donald Trump O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida misli ko‘rilmagan savdo-iqtisodiy kelishuv imzolanganini ma’lum qildi.

    'Mirziyoyev va Trump strategik sheriklikni yangi bosqichga ko‘tarishga kelishdi'ning rasmi

    Siyosat 07.11.2025 07:41

    Mirziyoyev va Trump strategik sheriklikni yangi bosqichga ko‘tarishga kelishdi

    O'zbekiston va AQSh prezidentlari Vashingtonda muzokaralar o'tkazdi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 06.11.2025 13:18