AsosiySalomatlik

Superbakteriyalar 25 yil ichida qariyb 40 million kishining o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari dunyoning yetakchi shifokorlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalariga tayanib, shunday xulosaga keldi.

'Superbakteriyalar 25 yil ichida qariyb 40 million kishining o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin'ning rasmi

Bu haqdagi ma’lumotlar Buyuk Britaniyaning nufuzli “The Lancet” tibbiy jurnalida e’lon qilindi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.

“Insoniyat dori-darmonlarga chidamli mikroblarga qarshi kurashish borasida ancha ilgarilib ketdi, — deydi Vashington universiteti professori Steyn Follset. — Ammo erishilgan natijalar yetarli emas. Chunki 2050 yilga borib, dori-darmonlarga chidamli mikroblar bevosita yoki bilvosita har yili 8 million odamning o‘limiga sabab bo‘lishi ehtimoli mavjud. Buning oldini olish uchun shoshilinch ravishda yangi strategiyalarni ishlab chiqishimiz kerak”. 

Ekspetrlar hisob-kitoblariga ko‘ra, 2050 yilgacha dori-darmonlarga chidamli infeksiyalar 39,1 million insonning hayotiga zomin bo‘lishi, qolaversa, bu bilan bog‘liq patologiyalar tufayli 169 million o‘lim holati yuz berishi taxmin qilinyapti. 

Bundan Janubiy Osiyo mamlakatlari, jumladan, Hindiston, Pokiston va Bangladesh aholisi eng ko‘p aziyat chekishi, mazkur mintaqada 11,8 millionga yaqin odam superbakteriyalar qurboniga aylanishi xavfi bor. Keyingi o‘rinlardan Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo davlatlari o‘rin olishi bashorat qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar