AsosiyJinoyat

Samarqandda uy olish uchun 13 yoshli qizini pullagan ona qamaldi

41 yoshli ayol qizini 25 ming dollarga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

'Samarqandda uy olish uchun 13 yoshli qizini pullagan ona qamaldi'ning rasmi

Samarqandda 13 yoshli qizini sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Aziz Obidov xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, asli qashqadoryolik bo‘lgan 41 yoshli ayol, 13 yoshli qizi evaziga 25 ming dollar olgandan keyin restoranda ushlangan.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, uning yashash uchun uyi bo‘lmagan. Shundan so‘ng, unga qizi evaziga uy taklif qilishgan va ayol bunga rozi bo‘lgan.

Natijda ayol 25 ming dollarlik uyning pullarini olgandan keyin tegishli organlar tomonidan qolga olingan.

Sud hukmiga ko‘ra, ayol Jinoyat kodeksining 135-moddasi (o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan odam savdosi jinoyatini sodir etish) bilan unga nisbatan 5 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, ayolning farzandlari davlat himoyasiga olingani xabar qilindi.

    Boshqa yangiliklar