AsosiyJamiyat

Nukusda qurlish mollari omborxonasi yonib ketdi

Hodisani bartaraf etish uchun 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi.

'Nukusda qurlish mollari omborxonasi yonib ketdi'ning rasmi

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida omborxona yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 8 oktyabr kuni soat 12:47 da Nukusning "Jeke Terek" MFYda joylashgan qurilish mollari omborxonasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:53 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:15 da o‘chirilgan.

Bunda 150 kv/m maydonda qurilish mollari yonib zararlangan. Oqibatda tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar