O‘zbekistonliklarning 8 oy davomidagi sayohat ko‘rsatkichlari bo‘yicha malumot berildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2024 yilning yanvar-avgust oylarida jami 4,06 million nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadda chet elga borgan.
Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 million nafarga yoki 37,2 foizga oshgan. Ularning mamlakatlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
- Qirg‘iz Respublikasi – 1 913,6 ming nafar;
- Tojikiston – 797,6 ming nafar;
- Qozog‘iston – 640,2 ming nafar;
- Rossiya – 194,7 ming nafar;
- Turkiya – 157,7 ming nafar;
- Saudiya Arabistoni – 111,9 ming nafar;
- BAA – 81,4 ming nafar;
- Misr – 27,7 ming nafar;
- Quvayt – 16,7 ming nafar;
- Janubiy Koreya – 14,9 ming nafar;
- Boshqa davlatlar – 112,1 ming nafar.