AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga yetib bordi

Davlatimiz rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Tangriguli Ataxalliyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

'Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga yetib bordi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Davlatimiz rahbarini aeroportda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Tangriguli Ataxalliyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Asosiy tadbirlar ertaga, 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston yetakchisi turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan " Zamon va sivilizatsiyalarning o‘zaro bog‘liqligi – tinchlik va taraqqiyot asosi" xalqaro forumining yalpi majlisida nutq so‘zlaydi.

Davlatimiz rahbari tadbir doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

    Boshqa yangiliklar