AsosiyJamiyat

Sirdaryo va Namanganda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotganlar fosh qilindi

Hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

'Sirdaryo va Namanganda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotganlar fosh qilindi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya”, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va “Hududgazta’minot” AJ  bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Xususan, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan “M.G.” MCHJda gaz hisoblagichiga o‘rnatilgan bir martalik tamg‘a uzilib, 223,3 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.

Bu kabi holat Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani “Qurama” MFYda joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor “B.O.”ga qarashli issiqxona qurilmalari gaz hisoblagichdan tashqari 20 mm poliyetilen quvur orqali gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib 3,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar