AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda O‘zbekiston-Hindiston strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

'Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga tashrifi doirasida Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston-Hindiston strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yuqori texnologiyalar, sun’iy intellekt, sanoat, energetika, farmatsevtika, transport kommunikatsiyalari bo‘yicha dastur va loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Joriy yilda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va biznes forumini o‘tkazish, shuningdek, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha o‘rta muddatli dastur qabul qilishga kelishib olindi.

Mamlakatlarimizda Madaniyat va kino kunlarini, tibbiyot va sport sohalarida hamda yoshlar ishtirokida, shu jumladan yoshlarning parlament tashkilotlari doirasida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish taklifi bildirildi.

Yetakchilar bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ham muhokama qildilar.

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusefni qabul qildi'ning rasmi

    Siyosat 23.10.2024 21:31

    Shavkat Mirziyoyev Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusefni qabul qildi

    Hamkorlik bo‘yicha aniq loyihalarini tayyorlash uchun qo‘shma ekspertlar guruhini tuzishga kelishib olindi.

    'Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi'ning rasmi

    Siyosat 23.10.2024 20:08

    Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

    'Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish jinoyatlarini faqat prokuratura tergov qiladi'ning rasmi

    Siyosat 23.10.2024 18:35

    Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish jinoyatlarini faqat prokuratura tergov qiladi

    Bunday jinoyatlarni tergov qilish prokuratura organlarining vakolatiga qiritilmoqda.

    'Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga jo‘nab ketdi'ning rasmi

    Siyosat 23.10.2024 14:07

    Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga jo‘nab ketdi

    Davlati rahbari BRIKS sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

    'Saida Mirziyoyeva UNFPA'ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi'ning rasmi

    Siyosat 21.10.2024 21:46

    Saida Mirziyoyeva UNFPA'ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi

    Uchrashuv davomida tomonlar bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan davlat dasturi mavzusini muhokama qildi.

    'Prezident “mahalla yettiligi”ni odamlarni jismoniy mashqlarga chorlashda faol ishtirok etishga chaqirdi'ning rasmi

    Siyosat 21.10.2024 20:44

    Prezident “mahalla yettiligi”ni odamlarni jismoniy mashqlarga chorlashda faol ishtirok etishga chaqirdi

    Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.