AsosiyJamiyat

Beruniy nomidagi YUNЕSKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi

Sun’iy intellekt sohasidagi etika bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mukofot ikki yilda bir marotaba beriladi.

'Beruniy nomidagi YUNЕSKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi'ning rasmi

Sun’iy intellekt sohasidagi etika bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Beruniy nomidagi YUNЕSKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, ushbu qaror 2024 yil 22 oktyabr kuni Parij shahrida bo‘lib o‘tgan YUNЕSKO Ijroiya kengashining 220-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbus doirasida bir ovozdan qabul qilindi.

Mukofot ikki yilda bir marotaba sun’iy idrok sohasida odob-axloq va inklyuzivlikni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi zalvorli loyihalarga beriladi. G‘oliblar mustaqil xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan saralab olinadi va jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi e’tirofi ramzi sifatida pul mukofoti, sertifikat va medal bilan taqdirlanadi.

Ilk taqdirlash marosimi 2025 yilning noyabr oyida Samarqand shahrida YUNЕSKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi, bu esa mazkur tashabbusning O‘zbekiston va xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ifodalaydi.

    Boshqa yangiliklar