Kiberxavfsizlik bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan Instagram foydalanuvchisi hisoblangan shaxs onlayn qimor o‘yinlarini faol targ‘ib qilib kelayotganligini aniqlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro turli reklama roliklarini o‘z sahifasiga joylashtirib, onlayn qimor reklamasini yo‘lga qo‘ygan.
Tezkor tadbirlar natijasida, mazkur akkaunt foydalanuvchisi bo‘lgan, 2002 yilda tug‘ilgan, Quva tumanida yashovchi shaxs gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.