AsosiyJamiyat

Farmagentlik sobiq rahbarining oilasi yashayotgan uy MIB tomonidan xatlandi

"Dok-1 Maks" ishida aybdor deb topilib, 18 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Sardor Kariyevning rafiqasi bundan norozi bo‘lib, sudga murojaat qildi.

'Farmagentlik sobiq rahbarining oilasi yashayotgan uy MIB tomonidan xatlandi'ning rasmi

Xabaringiz bor, O‘zbekistonda "Dok-1 Maks" dorisidan zaharlangan bolalar ishi bo‘yicha sud davom etmoqda. 

Avvalroq, Farmagentlikning sobiq rahbari Sardor Kariyev "Dok-1 Maks" ishida aybdor deb topilib, 18 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Shundan so‘ng Sardor Kariyevning farzandlari yashab turgan uy ham xatlangan. Bundan norozi bo‘lgan Kariyevning xotini esa sudga shikoyat qildi. 

Joriy yilning 21 oktyabr kuni Toshkent tumanlararo ma’muriy sudida ko‘rib chiqilgan. Bu haqda "Zamon" dasturida xabar qilindi. 

Qayd etilishicha, MIB "Dok-1 Maks"dan jabrlanganlarga sud tomonidan belgilangan salkam 76 milliard so‘mlik tovon pullarini undirish harakatini davom ettirmoqda. Sud jarayonida MIB xodimi shikoyat arizasini rad qilishini so‘radi. 

"Kariyevning nomida ikkita uy bor. Bundan tashqari, mulkiy ahvoli ham yaxshi. Undirish imkoni yo‘q deb qaytarishga asos ham yo‘q", - dedi MIB xodimi. 

Kariyevlar oilasining advokatlaridan biri MIB xodimining bu gapiga e’tiroz bildirgan. 

"Ikkita-uchta uy bo‘lsa hammasini olish kerak deganimas-ku?". Kariyevning o‘zi 18 yilga qamaldi. Endi voyaga yetmagan uch nafar bolasi va oilasi ko‘chada qolishi kerakmi? Qamoqda ishlayotgan bo‘lsa, olayotgan oylik maoshiga qaratishsin", - degan advokat. 

Sud joriy yilning 5 noyabr kuniga qadar tanaffus e’lon qildi. 

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:04

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:54

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:49

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:38

    'Farg‘onada onlayn qimorni targ‘ib qilgan 22 yoshli Insta-bloger qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:36

    Farg‘onada onlayn qimorni targ‘ib qilgan 22 yoshli Insta-bloger qo‘lga olindi

    Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    'Jizzaxda 2,1 mlrd so‘m kredit olib, ishlatib yuborgan shaxs qaynotasining yerto‘lasidan topildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:34

    Jizzaxda 2,1 mlrd so‘m kredit olib, ishlatib yuborgan shaxs qaynotasining yerto‘lasidan topildi

    Fuqaro IIB xodimlari tomonidan ushlangan va hibsxonaga joylashtirilgan.