AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Taqdimotda tadbirkorlar faoliyatida noqonuniy tekshiruvlarning oldini olish, nazorat organlarining tekshiruvchi xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha ham fikrlar bildirildi.

'Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 noyabr kuni tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Mamlakatimizda tadbirkorlarga iqtisodiyotning tayanchi sifatida qaralib, biznes muhiti tobora qulaylashtirib borilmoqda. Mahalladagi yakka tadbirkorlikdan tortib, yirik loyihalargacha qo‘llab-quvvatlanmoqda. Natijada biznesga qiziqish va undan manfaatdorlik oshib bormoqda.

Buning bosh omili hayot talabidan kelib chiqib, tadbirkorlarning o‘z takliflari asosida ish tutilayotganidir.

An’anadagidek, bu yil ham 20 avgust kuni davlatimiz rahbari tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qildi. Unda aytilgan muammo va fikrlar asosida tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, tekshiruvlarni tartibga solishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan boshlab bitta huquqbuzarlik uchun bitta javobgarlik chorasini belgilash nazarda tutilmoqda. Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinmoqda.

Shuningdek, raqamli markirovkalash qoidalarini hamda fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzish, xodimlar sonini yashirish uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinadi.

Nizolar hal qilinishini yengillishtirish maqsadida 2025 yil 1 martdan sudda ish yuritish taraflar kelishuvi bilan tugatilganda davlat bojining bir qismini qaytarib berish tartibi joriy etiladi.

Tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilishga vakolatli organlar va ularning nazorat sohalari ro‘yxati tasdiqlanadi. Bunda, ro‘yxatda yo‘q masalalar bo‘yicha tadbirkorlar faoliyatini tekshirish taqiqlanadi. Tadbirkorlar faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi orqali xabardor etish tartibida amalga oshiriladi.

2025 yil 1 yanvardan boshlab, tekshiruvlar “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi doirasida tadbirkorlarni 3 ta toifaga ajratgan holda o‘tkaziladi.

Taqdimotda, shunigdek, tadbirkorlar faoliyatida noqonuniy tekshiruvlarning oldini olish, nazorat organlarining tekshiruvchi xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha ham fikrlar bildirildi.

Davlatimiz rahbari bu choralarni huquqiy jihatdan takomillashtirish, amaliyotda adolatli qo‘llanishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi tayinlandi'ning rasmi

    Siyosat 29.11.2024 09:34

    O‘zbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi tayinlandi

    Ravshanbek Alimov bunga qadar Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi vazifasida ishlagan.

    'Italiya elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi'ning rasmi

    Siyosat 27.11.2024 09:16

    Italiya elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi

    Elchi Agostino Pinna bilan xayrlashuv uchrashuvi o‘tkazildi.

    'Dunyoda 2000 yildan boshlab onalar o‘limi uchdan bir qismga kamaydi'ning rasmi

    Siyosat 26.11.2024 09:25

    Dunyoda 2000 yildan boshlab onalar o‘limi uchdan bir qismga kamaydi

    O‘zbekiston delegatsiyasi "Pekin+30" sharhi bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani vazirlar konferensiyasida ishtirok etdi

    'O‘zbekiston—Xitoy o‘rtasida viza tartibi yanada erkinlashtirilishi kutilmoqda'ning rasmi

    Siyosat 25.11.2024 09:25

    O‘zbekiston—Xitoy o‘rtasida viza tartibi yanada erkinlashtirilishi kutilmoqda

    Xitoyning viza siyosati, ikki mamlakat fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish xususida fikr almashildi.

    'O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi Niderlandiyada ham elchi etib tayinlandi'ning rasmi

    Siyosat 22.11.2024 07:46

    O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi Niderlandiyada ham elchi etib tayinlandi

    Elchi G‘ayrat Fozilov ishonch yorliqlarini topshirdi.

    'Kelgusi 5 yilda aholimiz 40 milliondan ortishi kutilmoqda — Prezident'ning rasmi

    Siyosat 20.11.2024 11:06

    Kelgusi 5 yilda aholimiz 40 milliondan ortishi kutilmoqda — Prezident

    Bosh vazir lavozimiga tavsiya etiladigan nomzod qator masalalar ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘z dasturini taqdim etishi kerakligi qayd etildi.