AsosiyJamiyat

IIBB ogohlantirish bilan chiqdi

Firibgarlar tomonidan yuqori lavozimlarda ishlovchi vazirlik, idora va turli xil tashkilotlar rahbari hamda mas’ul xodimlari nomidan soxta profillar yaratilib, qo‘l ostidagi xodimlarni aldash holatlari kuzatilmoqda.

'IIBB ogohlantirish bilan chiqdi'ning rasmi

Shu kunlarda firibgarlar tomonidan Telegram orqali yuqori lavozimlarda ishlovchi vazirlik, idora va turli xil tashkilotlar rahbar hamda mas’ul xodimlari nomidan soxta profillar yaratilib, qo‘l ostidagi xodimlarni aldash holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, muloqot davomida xodim bilan go‘yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar qiziqayotgani va undan (rahbardan) ba’zi ma’lumotlarni so‘rashganini aytadi. Birozdan so‘ng unga huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi aloqaga chiqishini ma’lum qiladi. Firibgarning, ya’ni “o‘z rahbari”ning gaplariga ishongan xodim bir necha daqiqadan so‘ng u bilan aloqaga chiqqan shaxs (go‘yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ vakili)ga so‘ragan barcha ma’lumotlarini berib yuboradi. Oqibatda firibgarlar tuzog‘iga ilingan ishchi-xizmatchilar plastik kartalaridagi pul mablag‘laridan ayrilib qolmoqda. 

“Ogoh bo‘ling, shu turdagi kelgan SMS yoki boshqa xabarlarni qabul qilish va ishonishdan oldin telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib yoki shaxsan xabar yuborgan shaxsga aloqaga chiqib, xabarni qayta tekshirib ko‘ring!”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, fuqarolardan shu kabi holatlarga duch kelgan taqdirda IIBBning 71-206-55-00 yoki 102 raqamlariga murojaat qilish so‘ralgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Fransiyada O‘zbekistondagi Islom Sivilizatsyasi markazi bo‘yicha yangi taqdimot o‘tkazildi'ning rasmi

    Jamiyat 14.11.2024 21:17

    Fransiyada O‘zbekistondagi Islom Sivilizatsyasi markazi bo‘yicha yangi taqdimot o‘tkazildi

    Uchrashuv davomida “WILMOTTE” kompaniyasi O‘zbkekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi eskpozitsiyasidagi Ikkinchi Renessans bo‘limi bo‘yicha konsepsiyasini taqdim etdi.

    'Toshkentda sifatni tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 199 mln so‘mlik dorini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat 14.11.2024 20:59

    Toshkentda sifatni tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 199 mln so‘mlik dorini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

    Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 14.11.2024 16:54

    ''ning rasmi

    Jamiyat 14.11.2024 14:28

    ''ning rasmi

    Jamiyat 14.11.2024 14:00

    'Bir nechta mahalliy hokimliklar mansabdorlariga nisbatan javobgarlik choralari ko‘rildi'ning rasmi

    Jamiyat 14.11.2024 12:17