AsosiyJinoyat

Qo‘qonda “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti qo‘lga olindi

Noqonuniy guruh a’zolariga tegishliligi bo‘yicha 6 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

'Qo‘qonda “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti qo‘lga olindi'ning rasmi

Qo‘qonda “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti tarafdorlari ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi. 

Malum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Qo‘qon shahrida faoliyat olib borgan “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkilotitarafdorlaridan iborat jamoat fosh etilgan. 

Jamoatning 11 nafar a’zosi Qo‘qon shahri hamda O‘zbekiston tumanida yashovchi, 1980-2000 yillar oralig‘ida tug‘ilgan fuqarolar bo‘lib, ular orasida farmatsevtika sohasida faoliyat yurituvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatda menedjer, gaz quyish shoxobchasida bosh mexanik bo‘lib ishlagan, shuningdek, xususiy tadbirkorlik, oshpazlik, ustachilik, kirakashlik bilan shug‘ullangan shaxslar bor.

2021-2023 yillar davomida noqonuniy guruha’zolari Qo‘qon shahrida joylashgan choyxonalarda “shanbalik oshlar” niqobi ostida yig‘inlar tashkil etib, unda Abdulloh Zufar, Sodiq Samarqandiy, Yaxyo Turkistoniy va boshqalarning jihod hamda shahidlikka, islom davlati qurishga chorlovchi, diniy ekstremizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan ma’ruzalarini eshitishlari natijasida dinga mutaassiblarcha berilib, ekstremistik g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlab kelishgan.

Shuningdek, mamlakatimizda amalda bo‘lgan davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga va “Halifalik” davlati qurishga qaratilgan g‘oyalarni o‘zaro muhokama qilishgan.

Eng achinarlisi, jamoat a’zolarining ayrimlari Suriyaga hijrat qilish masalasini ham muhokama qilishgan.

Bundan tashqari, ulardan 2 nafari o‘zaro til biriktirib, hozirda Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti faoliyatida ishtirok etib kelayotgan qo‘qonlik Jasur ismli shaxsga moddiy yordam berish maqsadida 2023 yilning iyul va avgust oylarida jami 3000 AQSH dollari miqdorida pul mablag‘i yuborishgan.

Ta’kidlash lozimki, jamoat a’zolari o‘z saflarini kengaytirish uchun yig‘inlarga boshqa fuqarolarni ham jalb qilib, ularning ongiga ekstremistik g‘oyalarni singdirishgan.

“Telegram” messenjerida tashkil etilgan guruhda o‘zaro ma’lumotlar almashinib, navbatdagi yig‘in vaqti va joyi e’lon qilib borilgan.

Shuningdek, ular har 15 kun, 1 oy ichida nima ishlarni amalga oshirganliklari bo‘yicha guruh yetakchisiga hisobot berishgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining hukmiga ko‘ra, mazkur noqonuniy guruh a’zolaritegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 155 prim 3,159, 244 prim 1 va 244 prim 2-moddalari bilan aybli deb topilib, ularga nisbatan 6 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Farg‘onada mast erkak hamqishlog‘ini pichoqlab o‘ldirdi'ning rasmi

    Jinoyat 12.12.2024 16:53

    Farg‘onada mast erkak hamqishlog‘ini pichoqlab o‘ldirdi

    Erkakka nisbatan 11 yil 6 oy muddatga qamoq jazosi tayinlandi.

    'Surxondaryoda 18 yoshli yigit pochchasini pichoqlab o‘ldirdi'ning rasmi

    Jinoyat 09.12.2024 15:56

    Surxondaryoda 18 yoshli yigit pochchasini pichoqlab o‘ldirdi

    O‘smir yigit 7 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

    'Toshkent viloyatida bir oilani o‘ldirib, yoqib yuborgan erkak umrbodga qamaldi'ning rasmi

    Jinoyat 28.11.2024 13:33

    'Qashqadaryoda erkak xotini va qizini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi'ning rasmi

    Jinoyat 25.11.2024 15:50

    Qashqadaryoda erkak xotini va qizini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi

    U 2006 yildan buyon viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida ro‘yxatda turgan.

    'Qabul Dusovga sud hukmi e’lon qilindi'ning rasmi

    Jinoyat 22.11.2024 17:06

    Qabul Dusovga sud hukmi e’lon qilindi

    Uning jinoyat sodir etishdagi aybi dalillar bilan to‘liq isbotlangan.

    'Buyuk Britaniyaga ishga yuborish uchun 12 ming AQSH dollari olgan shaxs ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 22.11.2024 14:47

    Buyuk Britaniyaga ishga yuborish uchun 12 ming AQSH dollari olgan shaxs ushlandi

    Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi.