AsosiyJamiyat

Toshkentdan Issiqko‘lga poyezd 2025 yildan qatnay boshlaydi

Bu Issiqko‘l yo‘nalishida sayyohlar oqimini oshirish imkonini beradi.

'Toshkentdan Issiqko‘lga poyezd 2025 yildan qatnay boshlaydi'ning rasmi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston temiryo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar temiryo‘l transporti bo‘yicha kengashning 81-yig‘ilishi doirasida  "O‘zbekiston temiryo‘llari" AJ boshqaruv raisi Z.Narzullayev va "Qirg‘iz temiryo‘li" davlat korxonasi rahbari A.Sakiyev o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yuk tashish hajmlarini oshirish va tarif chegirmalarini qo‘llash masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi. 

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida asosiy yuklar — ko‘mir, sement va boshqa mahsulotlarni tashishda "Temiryo‘lkargo" AJ yuk vagon parklaridan foydalanish hamda tarozi xo‘jaligi obyektlarini ta’mirlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar, shuningdek, 2025 yil yozida "Toshkent-Baliqchi (Ribache)" yo‘nalishida turistik poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar. Bu yo‘nalish ikki mamlakat o‘rtasida turizm aloqalarini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi hamda Issiqko‘l yo‘nalishida sayyohlar oqimini oshirish imkonini beradi.

Bundan tashqari, Qirg‘iziston temiryo‘l xodimlarini "O‘zbekiston temiryo‘llari" AJ markazlarida malakasini oshirish masalasi ham muhokama qilindi va ushbu yo‘nalishda o‘quv dasturlarini tashkil etishga kelishildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonda 10 ta suv ombori quriladi'ning rasmi

    Jamiyat 07.11.2024 21:47

    O‘zbekistonda 10 ta suv ombori quriladi

    Bu bo‘yicha Prezident mas’ullarga topshiriq berdi.

    'Toshkentda MIB xodimlari 202,9 mlrd so‘mlik zararni undirish ishini asossiz yopib yuborgani aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 07.11.2024 21:02

    Toshkentda MIB xodimlari 202,9 mlrd so‘mlik zararni undirish ishini asossiz yopib yuborgani aniqlandi

    Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    'Eng yuqori ish haqi Navoiyda, eng kami esa Xorazmda'ning rasmi

    Jamiyat 07.11.2024 20:40

    Eng yuqori ish haqi Navoiyda, eng kami esa Xorazmda

    Soliq qo‘mitasi sanoat sohasida ishlovchilarning ish haqlari bo‘yicha ma’lumot berdi.

    'Endi O‘zbekistondagi maktablarda 45 ta sport turi o‘rgatiladi'ning rasmi

    Jamiyat 07.11.2024 19:01

    Endi O‘zbekistondagi maktablarda 45 ta sport turi o‘rgatiladi

    Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

    'Suzish sport turi bo‘yicha “Silk Water” xalqaro turniri o‘tkaziladi'ning rasmi

    Jamiyat 07.11.2024 17:06

    Suzish sport turi bo‘yicha “Silk Water” xalqaro turniri o‘tkaziladi

    “Suv sporti turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

    'Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat 07.11.2024 16:19

    Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi.