AsosiyJamiyat

Onlayn-NKT cheklarini tahrirlash muddati 1 dekabrgacha uzaytirildi

Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasidagi fiskal cheklar va jismoniy shaxslarning 80 terabayt hajmdagi ma’lumotlari yangi serverlarga migratsiya qilindi.

'Onlayn-NKT cheklarini tahrirlash muddati 1 dekabrgacha uzaytirildi'ning rasmi

Soliq qo‘mitasi matbuot xizmatm xabariga ko‘ra, jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan elektron xizmatlar ayni paytda belgilangan tartibda ish faoliyatida. 

Shu bilan birga, dasturiy ta’minotning yangilangan versiyasiga o‘tish, ma’lumotlar bazasini optimallashtirish, xato va takrorlanishlarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumotlarni ko‘chirish jarayonida soliq to‘lovchilar uchun noqulayliklarni kamaytirish, ma’lumotlarning saqlanishi va xavfsizligini ta’minlash vazifasi qo‘yilgan. 

Shu maqsadda shaxsiy kabinetda cheklarni tahrirlash imkoniyati 8 noyabrgacha cheklandi, shuningdek, bu davrda axborot tizimlari va elektron xizmatlarda qisqa muddatli uzilishlar bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, barcha soliq to‘lovchilarga oktyabr oyi uchun onlayn-NKT cheklaridagi summalarni tahrirlash (qolgan barcha ma’lumotlarni tahrirlash cheklanmagan) muddati 1 dekabrga qadar uzaytiriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:19

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:34

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:51

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:14

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:58

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:10