AsosiySiyosat

O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston rahbarlari "yashil” energiya loyihasiga start berishdi

COP29 sammiti doirasida ushbu sohasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

'O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston rahbarlari "yashil” energiya loyihasiga start berishdi'ning rasmi

13 noyabr kuni COP29 sammiti doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon o‘rtasida "yashil" energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qayta tiklanuvchi energiya iqtisodiy maqsad emas, balki kelajakka qo‘shilayotgan hissa, kelgusi avlodlar oldidagi mas’uliyat tuyg‘usining natijasi ekanligini ta’kidladi.

Loyihaning ekologik ahamiyati alohida qayd etildi. Uzatiladigan energiya - bu shamol va quyosh energiyasi bo‘lib, qayta tiklanadigan va toza manba hisoblanadi hamda iqlimga ta’sirni yumshatish imkonini beradi.

Shu orqali tomonlar Parij bitimi va Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida iqlimni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Mamlakatlarimiz qayta tiklanuvchi energiyaning katta zaxiralariga ega bo‘lib, global energetik o‘zgarishlarga salmoqli hissa qo‘shishi mumkinligi ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan Prezidentimiz bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning muhim jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

"Yashil" energetikani jadal rivojlantirish bo‘yicha katta dastur qabul qilingan. Mamlakatimizda har yili 2 gigavattga yaqin quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushirilmoqda.

Bundan tashqari, joriy yil oxirigacha tarmoqqa qo‘shimcha 2,6 gigavatt qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish quvvatlari va 300 megavattli energiya saqlash tizimlari ulanadi.

2030 yilga kelib qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 40 foizga yetkazish, shuningdek, 4,2 gigavattlik energiya saqlash tizimlarini yaratish rejalashtirilgan.

Ishga tushirilayotgan loyihaning iqtisodiy samarasini barcha ishtirokchilar his etishiga ishonch bildirildi.

O‘n minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi, energetika infratuzilmasi rivojlanadi, texnologik va ishbilarmonlik aloqalari kengayadi. Eng muhimi, aholi turmush darajasi oshadi.

Loyihani amalga oshirishni jadallashtirish, jumladan, qo‘shma korxona tashkil etish, texnik hujjatlarni ishlab chiqish va kelishish va boshqa tartib-taomillarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Yakunda davlatimiz rahbari O‘zbekistonning ushbu mintaqaviy loyihani birgalikda amalga oshirishga intilishi qat’iy ekanini tasdiqladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliq tumanidagi  “Ugam River” turistik majmuasini borib ko‘rdi'ning rasmi

    Siyosat 06.12.2024 15:06

    Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliq tumanidagi “Ugam River” turistik majmuasini borib ko‘rdi

    Yangi sayyohlik majmuasi 200 ming mehmonga xizmat ko‘rsatadi.

    'Bo‘stonliq tumanida sayyohlar soni 12 barobar oshdi'ning rasmi

    Siyosat 06.12.2024 15:00

    Bo‘stonliq tumanida sayyohlar soni 12 barobar oshdi

    Prezident Bo‘stonliqda qurilayotgan “Chorvoq darvozasi” turistik majmuasini borib ko‘rdi.

    'Toshkentdan Xo‘jakentga yangi elektropoyezd yo‘lga qo‘yildi'ning rasmi

    Siyosat 06.12.2024 13:04

    Toshkentdan Xo‘jakentga yangi elektropoyezd yo‘lga qo‘yildi

    Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrif buyurdi.

    'Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi'ning rasmi

    Siyosat 06.12.2024 09:47

    Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    Shuningdek, Prezidentlar Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar va bo‘lajak qo‘shma tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

    'Surunkali kasallikka chalinganlarning subsidiya olishdagi muammolari bo‘yicha senator so‘rovi yuborildi'ning rasmi

    Siyosat 05.12.2024 08:58

    Surunkali kasallikka chalinganlarning subsidiya olishdagi muammolari bo‘yicha senator so‘rovi yuborildi

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha joriy yilning 17 dekabriga qadar asoslantirilgan tushuntirishlar berishi nazarda tutilmoqda.

    'IUCNning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rasman o‘z ishini boshladi'ning rasmi

    Siyosat 04.12.2024 08:04

    IUCNning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rasman o‘z ishini boshladi

    Ar-Riyod shahrida COP16 konferensiyasi doirasida Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Toshkent shahrida vakolatxonasini tashkil etish marosimi bo‘lib o‘tdi.