AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda Numizmatika tarixi yaratilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan loyiha ustida Yaponiyaning Mixo muzeyi maxsus ilmiy xodimi ish olib bormoqda.

'O‘zbekistonda Numizmatika tarixi yaratilishi rejalashtirilmoqda'ning rasmi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida yurtimiz numizmatika tarixiga oid ekspozitsiyalar yaratish rejalashtirilgan. Markaz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan O‘zbekiston numizmatikasi tarixi loyihasi ustida Yaponiyaning Mixo muzeyi maxsus ilmiy xodimi Sergey Laptev ish olib bormoqda.

 — Islomdan avvalgi davrda O‘zbekiston hududida zarb qilingan tangalar namunalarining ro‘yxatini shakllashtirib, shaxsiy kolleksiyalardan izlash, dunyodagi muzeylar, xalqaro auksionlarga murojaat qilgan holda ularni topish va nusxalarini yaratib ekspozitsiyaga kiritish harakatlari boshlangan. Bu asosiy vazifadir va buning asosida  eng yaxshi natija sifatida bir kitob-albom chiqarish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston hududi tarixda Markaziy Osiyodagi mamlakatlar orasida Buyuk ipak yo‘lida amalga oshirilgan savdo-sotiqda muhim o‘rin tutgan. Shuningdek, Markaziy Osiyoda turli davrlarda tashkil topgan qadimgi, masalan, O‘zbekistonning ilk davlatchiligi asosi bo‘lgan Xorazm,  Baqtriya, Sug‘d kabi ilk davlatlar hukmdorlari savdo-sotiq muomalasi uchun o‘z tangalarini zarb qilganini tarixdan bilamiz.

Bu esa islomgacha bo‘lgan davrda Markaziy Osiyoda, xususan, O‘zbekiston hududida qadimgi davlatchilik boshqaruvlaridayoq tangani zarb qilish   mavjud bo‘lganidan dalolatdir. Ammo bu zarb qilingan tangalar haqida yetarli ma’lumotlar mavjud emas. Shu bois O‘zbekiston numizmatikasi tarixi loyihasining amalga oshirilishi O‘zbekiston ilm-fani uchun ahamiyatli yondashuvlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Qayd etish kerakki, numizmatika bu – tangalar haqidagi fan. Ya’ni numizmatika tangalarning tasvirlari, yozuvlari, og‘irligi, qanday metalldan yasalganligi, pul muomalasidagi darajasi va tanga zarb qilinish tarixini o‘rganadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:01

    'Vazir yosh bolani qutqargan talabani taqdirladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:51

    Vazir yosh bolani qutqargan talabani taqdirladi

    Talaba tashakkurnoma hamda esdalik sovg'asi bilan taqdirlandi.

    'Surxondaryoda arxitektor pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:36

    Surxondaryoda arxitektor pora bilan ushlandi

    Qurilish ishlarini loyihalashtirishga ixtisoslashgan MChJ arxitektori pora olgan vaqtida ushlandi.

    'Yevropadan Turkiyaga 30 kg kokain olib kirishda gumonlangan o‘zbekistonlik ishi sudda ko‘rildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:23

    Yevropadan Turkiyaga 30 kg kokain olib kirishda gumonlangan o‘zbekistonlik ishi sudda ko‘rildi

    Bosh konsulxona usbu sudda ishtirok etdi va voqea tafsilotlarini ochiqladi.

    'Surxondaryoda MIB xodimlari pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:15

    Surxondaryoda MIB xodimlari pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

    Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmоqda.

    'Navoiyada tuman FVB boshlig‘i 3000 dollar pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:58

    Navoiyada tuman FVB boshlig‘i 3000 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

    Hozirda mansabdorqa nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.