Sibir poytaxtida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib olgan yurtdoshlarimiz bo‘lgan oila mamlakatimiz Bosh konsulxonasi ko‘magida O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA .
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Novosibirskda farzandining hujjatlari bilan bog‘liq muammolari tufayli yurtimizga qayta olmayotgan vatandoshlarga yordam berildi. Rossiya tomonidan zarur hujjatlarni olish uchun barcha imkoniyatlar ishga solindi. Natijada bola va uning hujjatlari aeroportda ota-onasiga topshirildi.
Ta’kidlash kerakki, bola uchun barcha hujjatlar Bosh konsulxona sa’y-harakatlari bilan Rossiya tomonidan bir necha soat ichida tayyorlandi.
Ushbu oila 22 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 14.30 da Rossiyaning "S7" aviakompaniyasi samolyoti bilan O‘zbekistonga uchib kelgan.