AsosiyJamiyat

Banklarda eski namunadagi dollar kupyuralariga cheklov qo‘yildimi?

Markaziy bank ushbu savolga oydinlik kiritdi.

'Banklarda eski namunadagi dollar kupyuralariga cheklov qo‘yildimi?'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hozirgi kunda mamlakatimiz hududida eski namunadagi 100 AQSH dollari nominalidagi (2009 yilgacha emissiya qilingan) banknotlarni banklar tomonidan sotish va sotib olish bilan bog‘liq amaliyotlar hech qanday muammolarsiz amalga oshirilayotganligini ma’lum qiladi.⏺

Shu bilan birga, birorta davlat hisob-kitoblarida eski namunadagi 100 AQSH dollari nominalidagi banknotlarning qonuniy to‘lov vositasi sifatidagi maqomi o‘zgarmagan.⏺

Markaziy bank aholi va tadbirkorlik subyektlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqirib, faqat rasmiy manbalarga tayanishni tavsiya etadi.⏺

Shuningdek, agar tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalari tomonidan eski namunadagi 100 AQSH dollari nominalidagi banknotlarni qabul qilishda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, Markaziy bankning “Ishonch telefoni” (71 200-00-44) yoki hududiy boshqarmalarga murojaat etishingiz mumkin.
O‘z navbatda, Markaziy bank bu borada vaziyatni doimiy ravishda kuzatib borishini ma’lum qiladi.


Shu bilan birga, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, mamlakatimiz hududida rezidentlar va norezidentlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish va sotish faqat mahalliy banklar orqali amalga oshirilishi eslatib o‘tiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 22:06

    'Endi sud tizimiga aralashish, sudyalarga bosim o‘tkazish va faoliyatiga aralashganlik uchun qonun bo‘yicha keskin chora ko‘riladi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 20:38

    '2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 20:27

    2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi

    Issiq suv va issiqlik tariflarining oshirilishiga tabiiy gaz, elektr energiya, suv — uchta asosiy resurs narxlarining oshishi sabab bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

    'Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 20:19

    Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi

    Tayinlov Prezident administratsiyasi rahbarining buyrug‘i bilan amalga oshirildi.

    'O'zbekistonda kontrafakt "Smekta" ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 19:15

    O'zbekistonda kontrafakt "Smekta" ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi

    Kompaniya frantsuz kompaniyasining brendini eslatuvchi belgidan noqonuniy foydalangan.

    'Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 14:29

    Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan usbu holat yuzasidan hali rasmiy izoh berilmadi.