AsosiyJamiyat

“Prosmotr” uchun hayotini xavfga qo‘yib video olgan bloger 1,8 mln jarimaga tortildi

Bloger xavfli “tryuk” qilish bilan birga atrof-muhitni chiqindiga to‘ldirib, tashlab ketgan.

'“Prosmotr” uchun hayotini xavfga qo‘yib video olgan bloger 1,8 mln jarimaga tortildi'ning rasmi

Atrof-muhitni chiqindiga to‘ldirgan blogerga chora ko‘rildi

Avval xabar qilinganidek, ijtimoiy tarmoqlarda “Jasjan” nomi nomi bilan mashhur bloger J.Sh. tomonidan olingan Toshkent tumanida hayot uchun xavfli holat aks etgan video tarqaldi. Bu video ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keskin e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

Mazkur holat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Natijada J.Sh. atrof-muhitni ifloslantirib, belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog‘liq huquqbuzarlikni qasddan, jamoaviy sodir etgani ma’lum bo‘ldi. 

Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning  91¹-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari — 1 million 875 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. 

Ta’kidlash joizki, J.Sh. tomonidan bunday huquqbuzarlik avval ham sodir etilgan. Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan holatga huquqiy baho berilmoqda va qat’iy choralar ko‘riladi. Shuningdek, huquqbuzarning hamrohlari shaxsiga aniqlik kiritilmoqda va ularga ham qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlanadi.

    Boshqa yangiliklar