AsosiyJamiyat

Styuardessaga tegajog‘lik qilgan toshkentlik qamaldi

U mast holda bo‘lgani uchun jarima jazosiga ham tortilgan.

'Styuardessaga tegajog‘lik qilgan toshkentlik qamaldi'ning rasmi

NY 686-sonli “Sochi-Toshkent” yo‘nalishi bilan uchib kelgan havo kemasida Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro Ye.J. spirtli ichimlik iste’mol qilgan.

 Oqibatda u mast holda “Uzbekistan Airways” AJ bort-kuzatuvchisi bo‘lgan, 2002 yilda tug‘ilgan S.A. ga nisbatan shilqimlik va tegajog‘lik qilganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Toshkent shahri aeroportlarida XTB HPB inspektorlari tomonidan MJtKning 187 moddasi 1-qismi va 411- modda 1-qismi bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan. 

Bugun JIB Toshkent shahar Sergeli sudi tomonidan xuquqbuzarga nisbatan 5 sutka ma’mury qamoq jazosi tayinlangan. 

Shuningdek, jamoat joyida spirtli ichimlik iste’mol qilganligi uchun BHMning 1 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar