AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev "Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi" sammitining ochilish marosimida ishtirok etdi

Bu galgi sammit kun tartibiga "yashil" iqtisodiyot sohasida barqaror taraqqiyotni ta’minlash, innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni joriy etish, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalari kiritilgan.

'Shavkat Mirziyoyev "Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi" sammitining ochilish marosimida ishtirok etdi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayonning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Abu-Dabi shahrida bo‘lib turibdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Bugun, 14 yanvar kuni davlatimiz rahbari "Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi" xalqaro sammitining ochilish marosimida hamda barqaror rivojlanish sohasida Shayx Zoid nomidagi mukofotni topshirish marosimida ishtirok etdi.

Tadbirda Amirliklar Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim, Nigeriya Prezidenti Bola Tinubu, Ruanda Prezidenti Pol Kagame, Seyshel orollari Prezidenti Uovel Ramkalavan, Uganda Prezidenti Yoveri Museveni hamda boshqa xorijiy davlat va hukumatlar rahbarlari ham qatnashdilar.

Oliy martabali mehmonlarni BAA rahbari kutib olgach, birgalikda suratga tushildi.

Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi - bu 2008 yilda BAA hukumati va "Masdar" kompaniyasi tomonidan barqaror rivojlanish sohasidagi global muammolarni hal etish uchun tashkil etilgan xalqaro platformadir. Forumning maqsadi jahonda barqaror taraqqiyotni jadallashtirish, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik rivojlanishga ko‘maklashish, oziq-ovqat va suv xavfsizligini ta’minlash, energiya tejamkorligi va karbonsizlantirishni ilgari surishdan iborat.

Bu galgi sammit kun tartibiga "yashil" iqtisodiyot sohasida barqaror taraqqiyotni ta’minlash, innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni joriy etish, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalari kiritilgan.

Forum doirasida Amirliklar asoschisi – marhum Shayx Zoid Ol Nahayon nomi bilan ataluvchi barqaror rivojlanish sohasidagi yutuqlar uchun mukofot bilan taqdirlash marosimi ham o‘tkaziladi. Bu galgi mukofotning "Global o‘rta maktablar" nominatsiyasida Toshkent shahridagi Prezident maktabi g‘olib deb topildi.

Mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev maktab vakillari bilan uchrashib, ularni g‘alaba bilan qizg‘in tabrikladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Siyosat 14.01.2025 19:33

    'Prezident BAA sun’iy intellekt vaziri bilan uchrashdi'ning rasmi

    Siyosat 14.01.2025 19:00

    Prezident BAA sun’iy intellekt vaziri bilan uchrashdi

    Unda generativ sun’iy intellektni energetika sohasida qo‘llash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

    'Prezident BAA investitsiyalar vaziri boshchiligidagi yetakchi kompaniyalar delegatsiyasi bilan uchrashdi'ning rasmi

    Siyosat 14.01.2025 18:49

    Prezident BAA investitsiyalar vaziri boshchiligidagi yetakchi kompaniyalar delegatsiyasi bilan uchrashdi

    Ushbu kompaniyalarning jami aktivlari 200 milliard dollardan ziyodni tashkil etadi.

    '“Xalaqit bermasa, javobgar bo‘lmasligi kerak”'ning rasmi

    Siyosat 14.01.2025 16:37

    “Xalaqit bermasa, javobgar bo‘lmasligi kerak”

    Deputat avtobus yo‘laklarida harakatlangan avtomobillarni jarimaga tortish haqida gapirdi.

    'Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga yetib bordi'ning rasmi

    Siyosat 13.01.2025 21:56

    Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga yetib bordi

    Abu-Dabi xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini BAA vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon va boshqa rasmiylar kutib oldi.

    'Xalqaro hamkorlardan Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar keldi'ning rasmi

    Siyosat 09.01.2025 13:08

    Xalqaro hamkorlardan Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar keldi

    Xorijiy yetakchilar O‘zbekiston Prezidenti va ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, baxt-saodat, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tilaklarini izhor etmoqda.