AsosiyJinoyat

Samarqandlik narkojinoyatchilar 16 yilga qamaldi

Ular tojikistonlik narokur’erlar yetkazib bergan “opiy” moddasini chegaradan olib o‘tayotganda qo‘lga tushgan.

'Samarqandlik narkojinoyatchilar 16 yilga qamaldi'ning rasmi

Narkojinoyatchilar 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda huquq-tartibot idoralari darakchi.uz’ga xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi, 2005 y.t. D.A. hozirda jinoyat ishining unga nisbatan qismi alohida ish yurituviga ajratib olingan shaxsning topshirig‘iga ko‘ra,Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyati Panjikent tumaniga borib, narkosavdogardan avvaldan 100 ming AQSH dollariga sotib olishga kelishilgan 20 kg. 747 gr. “opiy” moddasi uchun 20 ming AQSH dollari beradi.

So‘ngra, giyohvandlik vositasini “o‘zbek-tojik” davlat chegarasiga yaqin bo‘lgan joyga yetkazib berishi kerakligini aytib, O‘zbekistonga qaytadi.

Oradan bir kun o‘tib, D.A. o‘zining jinoiy sherigi bo‘lgan Tojikiston Respublikasifuqarosi, 1995 y.t. S.M. bilan aylanma yo‘llar orqali Panjikent tumaniga boradi va kelishilgan manzilga narokur’erlar yetkazib bergan 20 kg. 747 gr. “opiy” giyohvandlik vositasini qabul qilib olib, O‘zbekiston hududiga qaytib o‘tgan vaqtlarida, qo‘lga olinadi.

Holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida olib borilgan tergov jarayonlaridaushbu noqonuniy ishga Urgut tumanida yashovchi, 1992 y.t. J.R. ham aloqadorligi ma’lum bo‘ldi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudi tomonidan fuqarolar D.A. va S.M.lar Jinoyat Kodeksining 25,273, 223 va 246-moddalaridanazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, ularning har biri 16 yil 6 oy muddatga, fuqaro J.R. esa Jinoyat Kodeksining 28,25,273 va 28,246-moddalari bilan aybdor deb topilib, 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

    Boshqa yangiliklar