AsosiyJamiyat

Buxoroda O‘rta Osiyodagi eng qadimiy metall qurollar topildi

Buxoroning Qorako‘l tumanidagi Poykent maskanidan miloddan avvalgi I va milodiy I-IV asrlarga oid qurol-aslahalar topildi.

'Buxoroda O‘rta Osiyodagi eng qadimiy metall qurollar topildi'ning rasmi

Buxoroning Qorako‘l tumanidagi Poykent maskanidan miloddan avvalgi I va milodiy I-IV asrlarga oid qurol-aslahalar topildi. Bu haqda Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati xabar berdi.

Qadimiy Poykent shahri Qorako‘l tumanida joylashgan bo‘lib, uni o‘rta asr tarixchilari “Savdogarlar shahri” yoki “Mis shahar” deya ta’riflagan. Ta’kidlanishicha, u Buxorodan ham qadimiydir. 

Qazish ishlari davomida yaqinda Poykentdan qadimiy qurol-aslahalar, metall jihozlar, shuningdek, ibodatxona marosimlarida qo‘llanilgan qo‘ng‘iroqlar va isiriqdonlar topildi. Bu buyumlar eramizdan avvalgi I asr va eramizning I asriga tegishli bo‘lib, saklar va massagetlar davridan qolgan.  

Restavratorlar ushbu topilmalarni asl holatiga keltirish ustida ishlamoqda. Bu jarayon o‘ta murakkab va katta bilimni talab qiladi. Ushbu topilmalar So‘g‘d davri devoriy suratlarida ham uchraydi. Arxeologik topilmalar sayyohlarning diqqatini jalb qilish bilan birga, yurtimizning boy tarixi haqida chuqurroq tasavvur beradi.

Ma’lum bo‘lishicha, shuningdek, izlanishlar natijasida uzunligi 13,7 metr bo‘lgan katta zal yoki hovli atrofida supalar topilgan. III-IV asrlarda u qo‘shni ibodatxonadan pastda joylashgan, shuning uchun unga shimol tomondan 12 pog‘onali, kengligi 3,4 metr zinapoya va pandus tushgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.