AsosiyDunyo

Istanbulda qo‘lbola alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 14 nafarga yetdi

Yana 3 nafar o‘zbekistonlik jonlantirish bo‘limida yotibdi.

'Istanbulda qo‘lbola alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 14 nafarga yetdi'ning rasmi

Istanbulda qo‘lbola alkogoldan zaharlanib vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 14 nafarga yetdi. Bu haqda Bosh konsulxona matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 16 yanvar kuni Turkiya hududida qalbaki spirtli ichimlik iste’moli oqibatida yana 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi (barchasi erkak) vafot etdi. 14 yanvar kuni 6 nafar 15 yanvar kuni esa 4 nafar o‘zbekistonlik zaharlanish oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgan edi. 17 yanvar holatiga ko‘ra, zaharlanish oqibatida vafot etgan o‘zbekiston fuqarolarining umumiy soni 14 nafarni tashkil qilmoqda.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 17 yanvar holatida qalbaki spirtli ichimlik iste’moli tashxisi bilan Turkiya bo‘ylab kasallanganlar soni 88 nafarni tashkil etib, shundan 37 nafari vafot etgan. Ushbu qurbonlar orasida mahalliy aholi vakillari va boshqa millat vakillari ham mavjud.

Istanbul hokimligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, mahalliy huquq-tartibot idoralari 2025 yil 16 yanvar kuni Istanbul shahrida 32 862 litr noqonuniy metil va etil spirtli ichimliklarni musodara qilgan. 9 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Tekshiruvlar chog‘ida 227 shisha soxta ichimlik va distillash uskunasi ham topilgan. Qo‘lga olinganlardan 3 nafari politsiyadagi so‘roqlardan so‘ng qo‘yib yuborilgan bo‘lsa, 6 nafarining tergovi davom etmoqda.

Bosh konsulxona diplomatlari Istanbul shahridagi shifoxonalarning jonlantirish bo‘limlarida qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlanish oqibatida davolanayotgan fuqarolarning holidan xabar oldi. Ularning 3 nafarining ahvoli og‘ir.

Bosh konsulxona barcha fuqarolarni spirtli ichimliklardan tiyilishga va shaxsiy xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '2024 yilda urush bo‘layotgan hududlarda 56 ming kishi bedarak yo‘qolgan'ning rasmi

    Dunyo 16.05.2025 17:41

    2024 yilda urush bo‘layotgan hududlarda 56 ming kishi bedarak yo‘qolgan

    Bedarak yo‘qolganlar soni keskin ko‘payishda davom etmoqda.

    'Afg‘oniston Rossiyadagi elchiligiga nomzod ko‘rsatdi'ning rasmi

    Dunyo 16.05.2025 17:30

    Afg‘oniston Rossiyadagi elchiligiga nomzod ko‘rsatdi

    Rossiya Oliy sudi terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilgan "Tolibon" harakati faoliyatiga qo‘yilgan taqiqni to‘xtatgan edi.

    'Istanbulda Ukraina bo‘yicha uch tomonlama uchrashuv boshlandi'ning rasmi

    Dunyo 16.05.2025 14:49

    Istanbulda Ukraina bo‘yicha uch tomonlama uchrashuv boshlandi

    Zelenskiy Rossiya delegatsiyasida “aslida qaror qabul qiladigan” hech kim yo‘qligini aytgan.

    'Germaniya NATO uchun mudofaa xarajatlarini oshirish tarafdori'ning rasmi

    Dunyo 16.05.2025 12:43

    Germaniya NATO uchun mudofaa xarajatlarini oshirish tarafdori

    Germaniya mudofaa vaziri mamlakatda yalpi ichki mahsulotni 3 foizidan ko‘proq miqdoriga yetkazish kerakligini bildirgan.

    'Ukraina ilk F-16 qiruvchisidan ayrildi'ning rasmi

    Dunyo 16.05.2025 10:33

    Ukraina ilk F-16 qiruvchisidan ayrildi

    Samolyot Rossiya hujumiga qarshi havo jangida aloqa uzilib, qulab tushgan.

    'Germaniya byudjeti bosim ostida'ning rasmi

    Dunyo 16.05.2025 07:02

    Germaniya byudjeti bosim ostida

    Davlatning soliq tushumlari keskin kamaymoqda