Prezident Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampni ushbu lavozimga rasmiy kirishgani munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari o‘z maktubida Donald Trampning yangi muddatdagi faoliyati davomida AQSHning xalqaro maydondagi nufuzi va obro‘-e’tibori, iqtisodiy qudrati va salohiyati, global miqyosdagi o‘rni va ahamiyati yanada ortishiga ishonch bildirdi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston AQSHning mamlakat mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosatini yuqori baholaydi va alohida qadrlaydi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.