Saida Mirziyoyeva ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda UNICEF, UNESCO, UNDP, IHTT, Jahon banki va boshqalar bilan ta’lim masalasiga yangi yondashuvlar muhokama qilindi.
"Xalqaro ta’lim kuni arafasida men O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi islohotlari samarasini, muvaffaqiyatlarini faxr bilan e’tirof etmoqchiman. Biz ta’lim — farovonlik poydevori ekaniga qat’iy ishonamiz va har bir bola uchun o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatini ta’minlashga intilamiz", — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Xalqaro hamkorlar — UNICEF, UNESCO, UNDP, IHTT, Jahon banki va boshqalar bilan muhim uchrashuv o‘tkazgan. Muloqot davomida ta’lim masalasiga yangi yondashuvlar — innovatsiyalar, zamonaviy metodikalar va jahon tajribasiga asoslangan yechimlar muhokama qilingan.