AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev va Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al as-Saboh tor doirada uchrashuv hamda rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokida muzokara o‘tkazdilar

Qo‘shma loyihalarni ilgari surish maqsadida Investitsiya platformasi va Ishbilarmonlar kengashi kabi mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Al-Kuvayt shahrida savdo uyini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

'Shavkat Mirziyoyev va Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al as-Saboh tor doirada uchrashuv hamda rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokida muzokara o‘tkazdilar'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al as-Saboh 17 fevral kuni Al-Kuvayt shahridagi "Al-Bayan" saroyida tor doirada uchrashuv hamda rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokida muzokara o‘tkazdilar. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari ko‘rsatilayotgan samimiy qabul va yuksak e’tibor uchun Amirga minnatdorlik bildirib, Kuvayt yetakchisi va do‘st xalqini yaqinlashib kelayotgan milliy bayramlar bilan dildan qutladi.

O‘zbekiston bilan Kuvayt o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Prezidentimiz Kuvaytda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan, maqsad va vazifalari Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining uzoq muddatli ustuvor yo‘nalishlariga hamohang bo‘lgan "Nigoh 2035" davlat dasturini alohida qayd etdi.

Faol siyosiy muloqotlar va idoralararo almashinuvlar, o‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi barqaror ortib borayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.

O‘tgan yili Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi samarali o‘tkazildi, qator muhim ishbilarmonlik tadbirlari tashkil etildi.

Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion va moliyaviy-texnik sohalardagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

"Yashil" energetika, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, infratuzilma, shaharsozlik, sog‘liqni saqlash, turizm sohalari amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

Qo‘shma loyihalarni ilgari surish maqsadida Investitsiya platformasi va Ishbilarmonlar kengashi kabi mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Al-Kuvayt shahrida savdo uyini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Yangi sheriklik dasturi doirasida Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot fondi bilan loyihalar portfelini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Kuvaytda madaniyat va turizm haftaliklarini o‘tkazish, ikki mamlakat vakillarining san’at, musiqa, kino, ta’lim va sport sohalaridagi madaniy-gumanitar tadbirlarda faol ishtirok etishiga ko‘maklashishga kelishib olindi.

Uchrashuvda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Qo‘shilmaslik harakati va boshqa nufuzli tuzilmalar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Joriy yil may oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan "Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" muloqoti sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Yetakchilar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Muzokaralar yakunida ikki davlat rahbarlari keng qamrovli sheriklikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaror qildilar.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Prezidenti Kuvayt Amirini mamlakatimizga tashrif bilan kelishga taklif etdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'To‘yev Shavkat Mirziyoyevga maktub yozdi'ning rasmi

    Siyosat 14.04.2026 10:53

    To‘yev Shavkat Mirziyoyevga maktub yozdi

    Unda nimalar haqida soʻz borgan?

    'Amir Temur merosi bo‘yicha xalqaro konferensiya qatnashchilari O‘zbekiston Prezidentiga murojaat yo‘lladi'ning rasmi

    Siyosat 12.04.2026 17:29

    Amir Temur merosi bo‘yicha xalqaro konferensiya qatnashchilari O‘zbekiston Prezidentiga murojaat yo‘lladi

    Temuriylar buyuk merosini yanada chuqur o‘rganish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilindi.

    'Mirziyoyev va Toqayev Buxorodagi yirik to‘qimachilik korxonasi bilan tanishdi'ning rasmi

    Siyosat 11.04.2026 14:49

    Mirziyoyev va Toqayev Buxorodagi yirik to‘qimachilik korxonasi bilan tanishdi

    O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari eksportbop mahsulot ishlab chiqarayotgan zamonaviy korxona faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

    'To‘qayev va Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi'ning rasmi

    Siyosat 11.04.2026 10:37

    To‘qayev va Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

    Qozog‘iston prezidentining O‘zbekistonga amaliy tashrifi doirasida Buxorodagi muqaddas ziyoratgohda duo qilindi.

    'Toqayev Buxoroga keldi: etakchilar muzokara o‘tkazadi'ning rasmi

    Siyosat 11.04.2026 09:08

    Toqayev Buxoroga keldi: etakchilar muzokara o‘tkazadi

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev amaliy tashrif bilan mamlakarga keldi.

    'Saida Mirziyoyeva AQShda Ben Blek bilan uchrashdi'ning rasmi

    Siyosat 08.04.2026 05:16