Mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlagan fuqarolar tomonidan o‘tgan davr uchun ijtimoiy soliq quyidagi miqdorlarda to‘langanda, ish stajiga hisobga olinadi:
- 2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun har bir oyga bazaviy hisoblash miqdorida;
- 2019 yil 1 yanvardan 2019 yil 31 dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun bir yilga BHMning 4,5 baravari miqdorida;
- 2020 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun yiliga bazaviy hisoblash miqdorida.