AsosiySIYOSAT

Yelisey saroyida O‘zbekiston Prezidenti sharafiga qabul marosimi bo‘lib o‘tdi

Qabulda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari, Fransiya Bosh vaziri Fransua Bayru boshchiligida Vazirlar Mahkamasi  a’zolari va ko‘plab martabali shaxslar ishtirok etdi.

'Yelisey saroyida O‘zbekiston Prezidenti sharafiga qabul marosimi bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron Yelisey saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sharafiga davlat qabul marosimini uyushtirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi. 

Qabulda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari, Fransiya Bosh vaziri Fransua Bayru boshchiligida Vazirlar Mahkamasi  a’zolari, taniqli madaniyat, san’at va fan arboblari, ishbilarmon doiralar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari Emmanuel Makron va uning rafiqasi Brijit Makronga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, bugun bo‘lib o‘tgan muzokaralar tarixiy ahamiyatga ega ekanini, ularning natijasida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Fransiya yetakchisi bugun o‘tkazilgan muzokaralar natijalarini va imzolangan bitimlarni olqishladi.

– Bir necha yil ichida biz energetika, suv resurslarini boshqarish, kommunal xizmatlar, transport, barqaror turizm kabi muhim sohalarda uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga erishdik. Buning dalili sifatida Fransiya hukumati va Fransiya taraqqiyot agentligi ko‘magida fransuz kompaniyalari O‘zbekistonga investitsiya kiritayotgani, hududlarda qo‘shilgan qiymat va ish o‘rinlari yaratilayotgani, yoshlar kasb o‘rganib, hayotda o‘z o‘rnini topayotganini keltirishim mumkin. – dedi Emmanuel Makron.

Tomonlar xalqlarimiz farovonligi yo‘lida O‘zbekiston-Fransiya hamkorligini yanada mustahkamlashga qat’iy intilishlarini bildirdilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Mirziyoyev va Putin Sankt-Peterburgda uchrashdi'ning rasmi

    SIYOSAT Bugun 03:14

    Mirziyoyev va Putin Sankt-Peterburgda uchrashdi

    Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildi.

    'Saida Mirziyoyeva MAGATE bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi'ning rasmi

    SIYOSAT 04.06.2026 16:13

    Saida Mirziyoyeva MAGATE bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi

    Suhbatda milliy yadro energetikasi infratuzilmasini rivojlantirish va sohada kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

    'Saida Mirziyoyeva Avstriya Federal kansleri bilan uchrashdi'ning rasmi

    SIYOSAT 04.06.2026 05:18

    Saida Mirziyoyeva Avstriya Federal kansleri bilan uchrashdi

    Muloqot chog‘ida O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha yangi imkoniyatlar ham muhokama qilingan.

    'BMT rasmiysi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokini yuqori baholadi'ning rasmi

    SIYOSAT 03.06.2026 06:28

    BMT rasmiysi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokini yuqori baholadi

    Uning so‘zlariga ko‘ra, komissiya sessiyasida ishtirok etayotgan yuqori darajadagi delegatsiya hamda ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni takomillashtirishga bag‘ishlangan ma’ruza mazkur xalqaro forumga tayyorgarlik ishlari uchun mustahkam asos yaratadi.

    'Saida Mirziyoyeva YEXHT bosh kotibi bilan uchrashdi'ning rasmi

    SIYOSAT 03.06.2026 04:13

    Saida Mirziyoyeva YEXHT bosh kotibi bilan uchrashdi

    Qayd etilishicha, suhbat avvalida Feridun Sinirlio‘g‘li O‘zbekistonga yaqinda amalga oshirgan tashrifi hamda Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvini iliq taassurotlar bilan yodga olgan.