AsosiyDunyo

Ukraina urushi uchun Putin, Bayden va Zelenskiy javobgar — Tramp

AQSh prezidenti Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi yuzasidan uch yetakchini aybladi. Unga ko‘ra, Putin bu urushni boshlamasligi, Bayden va Zelenskiy esa uni to‘xtata olishi mumkin edi.

'Ukraina urushi uchun Putin, Bayden va Zelenskiy javobgar — Tramp'ning rasmi

Tramp Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi uchun javobgarlikni Putin, Bayden va Zelenskiy zimmasiga yukladi.

“Bu urushga yo‘l qo‘yib bo‘lmasdi. Bayden uni to‘xtata olardi, Zelenskiy ham to‘xtata olardi, lekin Putin hech qachon uni boshlamasligi kerak edi”, — dedi AQSh prezidenti Tramp Oq uyda Salvador prezidenti Nayib Bukele bilan uchrashuv chog‘ida o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Shu bilan birga, Tramp Zelenskiyni “o‘zidan 20 baravar katta davlatga qarshi urush boshlaganlikda” tanqid qildi, ammo keyin yana Putinni Ukrainadagi tajovuz uchun mas’ullar safiga qo‘shdi. “Millionlab odamlar uch kishi aybi bilan halok bo‘ldi. Aytaylik, Putin — birinchi, Bayden — ikkinchi (u nima bo‘layotganini umuman tushunmagan), va Zelenskiy”, — deydi Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zi faqat mazkur urushni to‘xtatishga harakat qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar