Portlash oqibatida 85 yoshli ayol halok bo‘lgan. 9 kishi tan esa jarohat olgan.
Kecha, 15-aprelga o‘tar kechasi Rossiyaning Kursk shahri Ukraina dronlari tomonidan hujumga uchradi. Bu haqda “Медуза” nashri ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, portlash oqibatida 85 yoshli ayol halok bo‘lgan. 9 kishi tan esa jarohat olgan. Zavodskaya va Orlovskaya ko‘chalaridagi ko‘p qavatli uylar zarar ko‘rgan. Vespremskaya ko‘chasidagi uylardan birida yong‘in chiqqani aytilmoqda.
Aholi xavfsiz joyga ko‘chirilgan. Shuningdek, tez yordam garajidagi 11 ta mashina ham shikastlangan.
Rasmiylar hujumda ishlatilgan dronlar ichida po‘lat sharchalar bo‘lganini aytmoqda — bu portlash vaqtida ko‘proq zarar yetkazish uchun qo‘llaniladi.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, o‘sha tunda Kursk osmonida 109 ta Ukraina droni urib tushirilgan. Yana bir nechta dronlar Voronej, Moskva, Bryansk va Orlov viloyatlariga ham hujum qilgan.