AsosiyDunyo

NATOning Ukrainaga yordami o‘zgarishsiz qoldi

NATO bosh kotibi Mark Rutte Ukrainaning Odessa shahriga qilgan tashrifi chog‘ida Rossiyaning Ukraina shaharlariga, jumladan, Odessa va Suma shaharlariga qilgan hujumlarini qoraladi.

'NATOning Ukrainaga yordami o‘zgarishsiz qoldi'ning rasmi

NATO bosh kotibi Mark Rutte Ukrainaning Odessa shahriga qilgan tashrifi chog‘ida Rossiyaning Ukraina shaharlariga, jumladan, Odessa va Suma shaharlariga qilgan hujumlarini qoraladi.

“Faqatgina shu dam olish kunlari Rossiya dron-kamikadzelar orqali turar-joy binolari va kasalxonani nishonga oldi… Bor-yo‘g‘i ikki kun oldin, Sumada Xudoning muqaddas kuni — Palma yakshanbasida ikki dona ballistik raketa orqali Rossiya 30 dan ortiq tinch aholining hayotiga zomin bo‘ldi”, — deydi Mark Rutte

Shuningdek, u bu hujumlarni Rossiyaning butun Ukraina bo‘ylab fuqarolik obyektlari va infratuzilmasiga qarshi yuritayotgan “vahshiy rejalari”ning bir qismi deb atadi.

Mark Rutte NATOning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi sobit qolishini ta’kidladi, hatto “oxirgi bir necha oyda bu yordam shubha ostiga olingan bo‘lsa ham”.

Rutte NATO ittifoqchilari 2025-yil boshidan beri Kiyevga 20 milliard yevrodan ortiq harbiy yordam ajratmoqchi ekanini bildirganini eslatdi.

U, shuningdek, NATO a’zolari AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning “tinchlik yo‘lidagi intilishlarini” ham qo‘llab-quvvatlashlarini qo‘shimcha qildi.

    Boshqa yangiliklar