AsosiyDunyo

Toshkent va Namanganda 3,4 mlrd so‘mlik energiya o‘g‘irligi fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

'Toshkent va Namanganda 3,4 mlrd so‘mlik energiya o‘g‘irligi fosh etildi'ning rasmi

Toshkent va Namangan viloyatlarida 3,4 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘stonliq tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tadbirda fuqarolar D.A. va U.B. “Besh tut” MFY hududidagi dala hovlida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shuningdek, Departamentning Yangiqo‘rg‘on tumani bo‘limi va “O‘zenergoinspeksiya”ning Namangan viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.X. “Yuqori Qorayantoq” MFY hududidagi bog‘ida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 1,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'NATOning Ukrainaga yordami o‘zgarishsiz qoldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:24

    NATOning Ukrainaga yordami o‘zgarishsiz qoldi

    NATO bosh kotibi Mark Rutte Ukrainaning Odessa shahriga qilgan tashrifi chog‘ida Rossiyaning Ukraina shaharlariga, jumladan, Odessa va Suma shaharlariga qilgan hujumlarini qoraladi.

    'AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini e’lon qildi'ning rasmi

    Dunyo 15.04.2025 21:41

    AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini e’lon qildi

    Yangi qonun loyihasi Rossiyani moliyaviy va sanoat jihatdan nishonga oladi.

    'Ayollardan iborat ilk ekipaj yerni koinotdan tomosha qildi'ning rasmi

    Dunyo 15.04.2025 21:21

    Ayollardan iborat ilk ekipaj yerni koinotdan tomosha qildi

    Ushbu tarixiy missiyada estrada yulduzi, mashhur jurnalist va teleboshlovchi, Amazon asoschisining kelini hamda kino prodyuseri ishtirok etdi.

    'Ukraina dronlari Kurskni nishonga oldi'ning rasmi

    Dunyo 15.04.2025 10:33

    Ukraina dronlari Kurskni nishonga oldi

    Portlash oqibatida 85 yoshli ayol halok bo‘lgan. 9 kishi asa tan jarohati olgan.

    'Ukraina urushi uchun Putin, Bayden va Zelenskiy javobgar — Tramp'ning rasmi

    Dunyo 15.04.2025 08:23

    Ukraina urushi uchun Putin, Bayden va Zelenskiy javobgar — Tramp

    AQSh prezidenti Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi yuzasidan uch yetakchini aybladi. Unga ko‘ra, Putin bu urushni boshlamasligi, Bayden va Zelenskiy esa uni to‘xtata olishi mumkin edi.

    'Sumаdagi qurbonlar soni 35 nafarga yetdi'ning rasmi

    Dunyo 15.04.2025 00:26

    Sumаdagi qurbonlar soni 35 nafarga yetdi

    Rossiya Ukrainaning Sumа shahriga qilgan hujumi oqibatida 119 nafar kishining jarohatlangani aytilmoqda.