AsosiyDunyo

Damashqda hokimiyat almashganidan beri Turkiyani 175 mingdan ortiq suriyalik tark etdi

2024-yil 9-dekabrdan buyon 175 512 nafar suriyalik Turkiyadan o‘z vataniga qaytgan, bu esa 33 mingdan ortiq oilani tashkil etadi.

'Damashqda hokimiyat almashganidan beri Turkiyani 175 mingdan ortiq suriyalik tark etdi'ning rasmi

2024-yil 9-dekabrdan buyon 175 512 nafar suriyalik Turkiyadan o‘z vataniga qaytgan, bu esa 33 mingdan ortiq oilani tashkil etadi. Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya o‘zining X (sobiq Twitter)dagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2017-yildan buyon ixtiyoriy ravishda 900 ming nafardan ziyod suriyalik Turkiyadan Suriyaga qaytgan. Shu bilan birga Turkiyada hanuzgacha taxminan 2,9 million suriyalik qochqin yashamoqda.

Umumiy hisobda, Asad rejimi ag‘darilganidan so‘ng Suriyaga 370 mingdan ortiq qochqin qaytgan. Bu haqda Suriya OAV, BMTning Qochqinlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi ma’lumotlariga tayangan holda, xabar tarqatmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yil 8-dekabrdan 2025-yil 3-apreliga qadar Iordaniya, Turkiya, Livan, Iroq, Misr va boshqa davlatlardan Suriyaga 372 500 nafar suriyalik qochqin qaytgan.

Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil 27-mart holatiga ko‘ra, Suriya ichida ichki ko‘chishga uchragan milliondan ortiq fuqaro o‘z uylariga qaytgan.

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar