AsosiyJinoyat

Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kallasiga urib jarohat yetkazdi

“Mudarris” xususiy maktabidagi zo‘ravonlik holati yuzasidan sud hukm chiqardi.

'Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kallasiga urib jarohat yetkazdi'ning rasmi

2025 yil 4 aprel kuni Toshkent shahri Sirg‘ali tumanida joylashgan “Mudarris” xususiy maktabida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida yuzaga kelgan zo‘ravonlik holati bo‘yicha ochiq sayyor sud majlisi o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent shahar sudi darakchi.uz ga xabar berdi.

Aniqlanishicha, maktabning o‘qituvchisi T.A. 7-sinfda tahsil oluvchi A. Ani boshiga va ko‘krak qismiga urgan. Bu harakatlar oqibatida o‘quvchi yengil tan jarohati olgan. Voqea ishtirokchilari — o‘quvchi, uning otasi, shifokor va o‘qituvchining o‘zi sudda shaxsan ishtirok etib, ko‘rsatmalar berdi.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasi, guvohlar so‘rog‘i va hujjatlar asosida o‘qtuvchini aybli deb topdi va unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismiga muvofiq 1.500.000 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinladi.

Sud tomonidan ta’kidlanganidek, o‘qituvchi o‘z kasbiy mas’uliyatini suiiste’mol qilgan hamda o‘quvchiga nisbatan jismoniy kuch ishlatish orqali qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan.

Bu voqea ta’lim muassasalarida bolalar xavfsizligi va o‘qituvchilarning mas’uliyati qanchalik muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Poytaxtda yo‘l haqi to‘lamagan 6 mingdan ziyod yo‘lovchi jazolandı'ning rasmi

    Jinoyat 17.09.2025 21:39

    Poytaxtda yo‘l haqi to‘lamagan 6 mingdan ziyod yo‘lovchi jazolandı

    Qonunbuzarlar 41 ming 200 so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.

    'Xususiy tadbirkor “gashish” moddasi bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jinoyat 17.09.2025 19:54

    Xususiy tadbirkor “gashish” moddasi bilan qo‘lga tushdi

    Narkokuryerlar tomonidan Afg‘onistondan olib kirilayotgan 9 kg 896 gr "gashish" moddasiga chek qo‘yildi.

    'Buxoroda hokim yordamchisi 6 ming dollar pora bilan qoʻlga tushdi'ning rasmi

    Jinoyat 16.09.2025 12:23

    Buxoroda hokim yordamchisi 6 ming dollar pora bilan qoʻlga tushdi

    U tezkor tadbirda pora olayotgan paytda qo'lga olindi.

    'Navoiyda mahalla raisi ayolga tega jog‘lik qildi'ning rasmi

    Jinoyat 15.09.2025 15:49

    Navoiyda mahalla raisi ayolga tega jog‘lik qildi

    Ayol "temir daftar"ga kiritish iltimosi bilan kelgan edi.

    'Сурхондарёда экстремистик гуруҳ фаолиятига чек қўйилди'ning rasmi

    Jinoyat 11.09.2025 09:03

    'Toshkentda 7 yoshli qizaloq onasi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi'ning rasmi

    Jinoyat 10.09.2025 09:35

    Toshkentda 7 yoshli qizaloq onasi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

    Ayiq qafasidan omon chiqqan qiz bu gal onasidan omon qolmadi.